Qatag'on qurbonlari xotirasi portali

Ona yurt fidoyilari – barhayot siymolar

Bugun Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ekspozitsiyasi binosida yangi “Ona yurt fidoyilari – barhayot siymolar” nomli tasviriy san’at asarlari ko‘rgazmasining tantanali ochilishi bo‘ldi.

Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti talabalarining ijod namunalaridan iborat mazkur ko‘rgazmaning ochilish marosimida institut rahbariyati, professor o‘qituvchilar, talaba yoshlar, kartinalar mualliflari, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi rahbariyati va jamoasi va boshqa turli OTM talaba yoshlari ishtirok etdilar.

Ma’lumki, so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonda tarixiy adolatning tiklanishi, qatag‘on qurbonlari xotirasining abadiylashtirilishi borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Adabiyotshunos, tarixchi olimlar, mutaxassislar tomonidan o‘nlab monografiyalar yozildi, yuzlab ilmiy-ommabop maqolalar e’lon qilindi. Yozuvchilar, shoirlar tomonidan nasriy va nazmiy asarlar yaratildi.

Vatanimiz tarixining fojeali davri, mustabid tuzum hukmronlik qilgan yillarda sodir bo‘lgan mudhish voqealar mavzusi o‘zbekistonlik rassomlar ijodini ham chetlab o‘tmadi. Taniqli mo‘yqalam ustalari bilan bir qatorda yosh iqtidorli rassomlarimiz bu mavzuda bir qancha tasviriy san’at asarlarini yaratdilar.

Ushbu ko‘rgazma aynan talaba yoshlarning asarlaridan tashkil etilganligi bilan ham ahamiyatlidir.

Scroll to Top
Skip to content