O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi PQ-270-sonli qarori bilan belgilangan oktabr oyining birinchi haftasi “Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi” doirasida hamda oktyabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” munosabati bilan 2024-yil 8-oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida Toshkent shahar “Nuroniy” jamg’armasi bilan hamkorlikda “Tarixiy xotira va ruhiy tarbiya – Yangi O’zbekiston poydevori” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy tadbir bo’lib o’tdi.
Kirish qismini ochib berish uchun Toshkent shahar “Nuroniy” jamg’armasi raisi, Senator, Kalanov Rustam Abduxakimovichga so’z berildi va tadbirning ma’naviy-ma’rifiy qismida Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, t.f.d., professor Bahtiyor Xasanov jadid taraqqiyparvarlarining ibratli hayot yo‘li va bebaho merosi xususida fikr bildirdilar.
Tadbir davomida Siyosiy qatag’on qurboni bo’lganlar va ma’rifatparvar jadidlarning avlodlari ham ishtirok etdilar. Ularning ota-bobolarini xotirlab, ularga Toshkent shahar nuroniylar kengashi tomonidan esdalik sovg’alarini topshirildi.
Bundan tashqari tadbirda O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Mo’minova Zulfiya Mardonovna o’z ijod she’rlari bilan ishtirok etdilar.
Tadbirning ikkinchi qismida ishtirokchilarni Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ekspozisiyasi bilan yaqindan tanishtirilib, “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi ziyorat qilindi va barcha ishtirokchilarga exson dasturxonini yozilib Qur’oni karim tilovat qilindi va shahidlarimizning aziz nomlari xotirlandi.