Qatag'on qurbonlari xotirasi portali

Бекжон Рахмон

BEKJON RAHMON

(1887-1929)

 “Yosh xivaliklar” harakatining yetakchi peshqadamlaridan mulla Bekjon Rahmondir. U 1887 yil Xiva shahrida dunyoga kelgan. Uning otasi Rahmonberdi devon Vaziri akbar Islomxo‘ja eng ishonchli kishilaridan biri, shaxsiy kotibi edi.

Bekjon Rahmon avval Xivadagi eski va yangi usul maktablarida tahsil oldi. So‘ng madrasaga kirib diniy, fiqhiy ilmlarni ham mukammal o‘zlashtirdi. Shundan so‘ng ham o‘zidan ko‘ngli to‘lmay ilm istab, Turkiyaga yo‘l oldi. Mullo Bekjon Rahmon Istanbul dorul mualliminini tugatib vatanga oliy ma’lumotli pedagog sifatida qaytadi. Bekjon Rahmonning qiziqish doirasi nihoyatda keng. U bir paytda ijodkor faylasuf, publitsist, tilshunos, adabiyotshunos, san’atshunos va madaniyat bilimdoni edi.

1920 yil 2 aprelda Bekjon Rahmon rahbarligida Xiva shahrining Toshhovli saroyida Xalq muzeyi tashkil etiladi. 1920 yil 26 aprel kuni XXR Muvaqqat xukumati tomonidan mazkur muzeyning tantanali ochilish marosimi o‘tkazilib, uning birinchi direktori etib Mulla Bekjon Rahmonov tayinlandi. Muzey 1924 yildan “Xorazm inqilobi tarixi muzeyi” deb atala boshlagan.

1920 yil 27-30 aprelda bo‘lib o‘tgan Butun Xorazm mehnatkash xalq vakillarining 1-qurultoyida mulla Bekjon Rahmon o‘g‘li Xalq madaniyati va maorifi noziri lavozimiga saylanadi. 1921-22 yillar davomida XXR Maorif noziri bo‘lgan mullo Bekjon Rahmon qisqa muddatda xalq maorifini yo‘lga qo‘yishda ulkan ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, uning tashabbusi bilan Xorazmda shahar va qishloqlarida ko‘plab o‘zbek va turkman tillaridagi maktablar ochildi, savodsizlikni tugatish kurslari, tezkor muallimlar tayyorlaydigan kurslar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mulla Bekjon avvalo “Yosh xivaliklar” partiyasining faol a’zosi, shu tufayli uning asl muddaosi millatni hurlikka yetaklash, Turkistonni bolshevizm zulmidan ozod qilish edi. 1920 yil sentabr oyida Bokuda o‘tkazilgan turkiy xalqlar qurultoyida ishtirok etgan Bekjon Rahmon o‘lkada tom ma’noda ozodlik talab qilganlarning safida bo‘ldi. 1921 yil sentabrda Xivada xalq universiteti tashkil qilishga bosh qosh bo‘ldi. Shuningdek, 1920-1921 yillarda “Inqilob quyoshi” gazetasining ham muharriri sifatida ish olib bordi.

1921 yil 28 noyabrda bir guruhi “Yosh xivaliklar” qatorida Mulla Bekjon ham qamoqqa olinib, ularni “Xorazm xalqining dushmani” deb ayblashadilar. Ularga oldin oliy jazo hukm qilinib, keyin bu qaror 10 yil qamoq muddati bilan almashtirildi. Lekin ko‘p o‘tmay umuman bekor qilinib, jabrlanuvchilar qaytadan hukumat ishlariga jalb qilinadi.

Rossiyaning komil huquqli vakili Grodeskiy taklifi bilan Mulla Bekjon hibsdan chiqarilib, yana Maorif nozirligida ishlay boshlaydi. Ozodlikka chiqqan Bekjon Rahmon ta’lim sohasida qator ishlarni amalga oshiradi. Xususan, maktab bolalari uchun darslik va kitoblar tayyorlash maqsadida uch kishi Bekjon Rahmon, Grodeskiy va Bobooxun Salimov iborat komissiya tashkil qilinadi. Mulla Bekjon Rahmon va Bobooxun Salimovlar tomonidan jadid maktablari uchun “Alifbo” va “O‘qish kitobi” kabi darsliklar yaratildi.

1924 yildan Mulla Bekjon nafaqat o‘quv adabiyotlari, darslik kitoblari, balki bir qator gazeta va jurnallarga tinimsiz publitsistik materiallarini e’lon qilib bordi. Shuningdek, 1923 yil Xiva shahrida 580 ga yaqin Xorazmning eski xalq maqollarini to‘plab, “Otalar so‘zi” nomi bilan kitob nashr qildiradi. Unda jamlangan maqollarda xalqning hayotga munosabati, kuzatuvlari asosidagi hikmatlari o‘rin olgan.

Xususan, “Ertaga osh qolsa davlat, ish qolsa mehnat”, “O‘z qadrini bilmagan-kishi qadrini bilmas”, “Davlat-og‘zibirchilik”, “Rohat-me