Qatag'on qurbonlari xotirasi portali

Mahmudxo’ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag’ishlangan ko’rgazmaning ochilishi marosimi bo’lib o’tdi.

2025-yilning 1-avgust sanasida Oʻzbekiston badiiy Akademiyasi Markaziy koʻrgazmalar zalida Mahmudxo’ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag’ishlangan ko’rgazmaning ochilishi marosimi bo’lib o’tdi.

🔷Mazkur ko’rgazma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

🔶O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo’ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to’g’risida” 2024-yil 27-dekabrdagi PQ-462-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mahmudxo’ja Behbudiy asarlarini yosh avlodning intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirish, ularni vatanparvar insonlar qilib tarbiyalash borasidagi o’rni va ahamiyatini inobatga olib hamda uning bebaho merosini kengroq o’rganish va targ’ib etish maqsadida joriy yilda mamlakatimizda Behbudiy tavalludining 150 yilligi keng nishonlanmoqda.

🔷Mustaqillik davrida Mahmudxo’ja Behbudiy xotirasini abadiylashtirish, hayoti va faoliyatini chuqur tadqiq qilish, ilmiy va badiiy asarlarini keng ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, keyingi yillarda Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida uning haykali o’rnatildi, Samarqand shahrida uy-muzeyi tashkil qilindi, iste’dodli dramaturglar uchun Mahmudxo’ja Behbudiy nomidagi mukofot ta’sis qilindi.

🔶Tashkil etilgan ko’rgazma, Turkistonda jadidchilik harakati namoyandalarining faoliyatiga oid tasviriy san’at asarlari hamda Mahmudxo’ja Behbudiy xotirasini abadiylashtirish, hayoti va faoliyatini chuqur tadqiq qilish, ilmiy va badiiy asarlarini keng ommalashtirish kabi sharafli ishlarning bir bo’lagidir.

🔷Ko’rgazma 2025-yil 10-avgustga qadar davom etadi.

Scroll to Top
Skip to content