Qatag'on qurbonlari xotirasi portali

BuxDU talabalari “Qatagon qurbonlari” muzeyida bo‘ldi

Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Baxtiyor Adilov, Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov,  BuxDU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Dilshod Yavmutov, professor-o‘qituvchilar, tyotorlar hamda talaba-yoshlar “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi va “Shahidlar xotirasi” majmuasiga tashrif buyurdilar.

Mazkur tashrifning asosiy maqsadi — qatag‘on yillarida bebaho hayotlardan ayrilgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish, ularning faoliyati, ma’rifiy merosi va fojiali taqdiriga oid tarixiy haqiqatlarni talabalar ongida yana-da chuqurroq yoritishdan iborat bo‘ldi.

Ishtirokchilar muzey ekspozitsiyalarini ko‘zdan kechirib, qatag‘on davriga oid arxiv hujjatlari, tarixiy manbalar va nodir eksponatlar bilan tanishdilar. Muzey xodimlari tomonidan berilgan ma’lumotlar orqali o‘tgan asrning murakkab siyosiy jarayonlari, o‘zbek ziyolilarining taqdiri va ularning jamiyat ravnaqidagi o‘rniga doir ko‘plab tarixiy faktlar talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Scroll to Top
Skip to content