Qatag'on qurbonlari xotirasi portali

Baxtiyor Xasanov Navoiy davlat universiteti tasarrufidagi Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurdi.

O’zRes VM ning 2025-yil 4-noyabrdagi “2025–2026 yillarda mamlakatimizda qatag’on qurbonlari hayoti va faoliyatini targ’ib etish ishlarini yanada jadallashtirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi qarori ijrosi doirasida Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori Baxtiyor Xasanov 2025-yil 29-noyabr kuni Navoiy davlat universiteti tasarrufidagi Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida amalga oshirilishi zarur bo’lgan ishlar yuzasidan o’z tavsiya va topshiriqlar berildi. Xususan, muzey faoliyatini raqamlashtirish, ekspozisiyalarni innovasion texnologiyalar asosida boyitish, interaktiv axborot resurslarini yaratish masalalari bo’yicha qator aniq vazifalar ko’rsatib o’tildi.

Scroll to Top
Skip to content