Qatag'on qurbonlari xotirasi portali

Baxtiyor Xasanov 2025-yil 30-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti tasarrufidagi Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurdi.

O’zRes VMning 2025-yil 4-noyabrdagi 691-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori Baxtiyor Xasanov 2025-yil 30-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti tasarrufidagi Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida muzey ekspozisiyasi o’rganilib, qatag’on qurbonlari hayoti va ilmiy merosini tizimli targ’ib etish, yangi muzey tashkil etish, uni zamonaviy multimedia, sun’iy intellekt va virtual texnologiyalar asosida jihozlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, arxivlarni raqamlashtirish va gologrammali ko’rgazmalar yaratish bo’yicha amaliy tavsiya va takliflar berildi.

Navoiy va Buxoro muzeylariga amalga oshirilgan ushbu tashriflar 691-sonli qaror ijrosini ta’minlashda muhim qadam bo’lib, qatag’on qurbonlari merosini zamonaviy formatda yoritish va targ’ib etishga xizmat qiladi.

Scroll to Top


HURMATLI TASHRIF BUYURUVCHILAR!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ekspozitsiyasini yangilash va rekonstruksiya ishlari munosabati bilan muzey 2026-yil 16-iyuldan 31-avgustga qadar tashrif buyuruvchilar uchun vaqtincha yopiladi.

 
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

 

Muzey ma’muriyati

 
Skip to content