2025-yil yakunida “Jadid” gazetasi tomonidan e’lon qilingan “Mushtariylar e’tirofi” sahifasi bir guruh fidoyi ijodkorlarning samarali mehnatiga berilgan munosib bahodir. Quvonarlisi, ushbu e’tirofga sazovor bo‘lgan mualliflar safida muzeyimiz direktori, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Vahapovich Hasanovning ham borligi jamoamiz uchun katta faxrdir.
Bu e’tirof nafaqat bir insonning mehnatiga, balki butun ilmiy jamoaning izlanishlari, tarixiy xotirani asrash yo‘lidagi sa’y-harakatlariga bildirilgan hurmatdir. “Jadid” gazetasi sahifasida aks etgan ushbu e’tibor ilmga sadoqat va jamiyat oldidagi mas’uliyatning yorqin timsoli sifatida qadrlanadi.

