Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari Chirchiq shahrida joylashgan Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Quruqlikdagi qo‘shinlar institutida bo‘lishdi.
“Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan tasdiqlangan Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Nizomiga muvofiq, keng jamoatchilikni mamlakatimizda harbiy sohada amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar haqida muntazam ravishda xabardor qilib borish, shuningdek, sohada mavjud muammolarni hal etish va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish kengash a’zolarining asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan”.
Tadbirda mehmonlar institutda harbiy xizmatchilar va kursantlar uchun tashkil etilgan o‘quv xonalari, muzey, sport zali, kutubxona hamda parashyut-desantchilarni tayyorlash mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan o‘quv maydonlarini bilan tanishdilar. Bu esa ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt asosida jihozlangan “Mafkuraviy poligon” hamda “Raqamli poligon” o‘quv xonalari harbiy ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning yorqin namunasi sifatida e’tirof etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari E.Basitxanova, viloyat hokimi o‘rinbosari N.Normirzayeva hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Vahapovich Hasanov ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!








