Baxtiyor Hasanov va Muslimbek Alijonov muallifligidagi
“Ismoil Gaspirali: muhtasham sivilizatsiyani izlab…” nomli yangi risola nashrdan chiqdi.
Mazkur asarda:
- Ismoil Gaspiralining taraqqiyparvarlik harakatlaridagi o‘rni va roli,
- uning musulmon tamadduni haqidagi qarashlari ilmiy asosda tahlil qilinadi.
Eng muhim jihati shundaki, Gaspiralining “Islom madaniyati” asari ilk bor o‘zbek tiliga tarjima qilinib, ilmiy jamoatchilik va keng kitobxonlar e’tiboriga havola etilmoqda.
- Asar adabiyot, tarix va falsafa ixlosmandlari uchun mo‘ljallangan.
- Ma’rifat va tafakkur yo‘lida muhim qadam bo‘ladigan ushbu kitob bilan tanishishga chorlaymiz.