Qatag'on qurbonlari xotirasi portali

“Kuch tuzilmalari tizimida olimalarning professional rivojlanishi va ilmiy yutuqlari” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

2026-yil 7-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida

“Kuch tuzilmalari tizimida olimalarning professional rivojlanishi va ilmiy yutuqlari” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida kuch tuzilmalari tizimida faoliyat yuritayotgan olimalarning ilmiy salohiyati, kasbiy rivoji, ilm-fan va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda erishilayotgan yutuqlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Ayol olimalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari va xizmat faoliyatini yanada rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida musiqiy chiqishlar namoyish etilib, ishtirokchilarga yuqori kayfiyat bag‘ishladi. Mazkur uchrashuv ilmiy muloqot, tajriba almashish va kelgusidagi hamkorlik uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.

Scroll to Top
Skip to content