2026-yil 13-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida O’zbekiston Respiblikasi Milliy gvardiyasi hamda Toshkent shahar Yunusobod tumani Hokimligi bilan hamkorlikda “Matonat timsollari” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Mazkur tadbir tarixiy xotirani asrash, qatag‘on yillarida mardlik va sabr-toqat namunasini ko‘rsatgan insonlar hayoti va taqdirini keng jamoatchilikka yetkazish, yosh avlod qalbida vatanparvarlik, matonat va insoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. Davra suhbatida soha mutaxassislari, harbiy xizmatchilar, mahalla faollari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, tarixiy haqiqatni anglash, o‘tmish saboqlaridan to‘g‘ri xulosa chiqarish va milliy xotirani asrab-avaylash masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Samimiy va mazmunli ruhda o‘tgan davra suhbati yakunida ishtirokchilar uchun musiqiy chiqishlar namoyish etilib, ular tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi hamda yig‘ilganlarda chuqur taassurot qoldirdi.





