Baxtiyor Hasanov va Yunus Safarov muallifidagi «Sayid Rizo Alizoda ilmiy-adabiy merosidan» nomli yangi risola nashrdan chiqdi.
Mazkur risola:
O’zbekiston tarixida jadidchilik davrini ilmiy-nazariy jihatdan o’rganishga ixtisoslashgan tarixchi olimlar, adabiyotshunoslar, faylasuflar va yuristlar, shuningdek, mazkur yo’nalishda ilmiy tadqiqot olib borayotgan doktorantlar hamda oliy ta’lim muassasalarining tarix fakultetlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, jadidchilik harakatining ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy va huquqiy jihatlarini chuqur anglashda muhum ilmiy manba vazifasini o’taydi.