Qatag'on qurbonlari xotirasi portali

Azizaxon Axrarovaning “O‘zbekiston SSRda xotin-qizlarning qatag‘on qilinishi (1920–1950-yillar)” nomli monografiyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni muzey direktori, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Hasanov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng muallif tomonidan kitob mazmun-mohiyati, unda yoritilgan tarixiy jarayonlar hamda 1920–1950-yillarda xotin-qizlarga nisbatan amalga oshirilgan qatag‘on siyosatining fojeali oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Taqdimot davomida soha mutaxassislari va olimlar, jumladan Zamira Ishankhodjaeva, Bahrom Irzaev, Muhayyo Isakova hamda Sayyora Turaeva so‘zga chiqib, monografiyaning ilmiy ahamiyati, undagi arxiv manbalariga asoslangan tahlillar va tadqiqot natijalari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘rtasida erkin fikr almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur monografiya yurtimiz tarixida xotin-qizlarga nisbatan amalga oshirilgan qatag‘on siyosatini o‘rganishda muhim ilmiy manbalardan biri sifatida e’tirof etildi.

Scroll to Top


HURMATLI TASHRIF BUYURUVCHILAR!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ekspozitsiyasini yangilash va rekonstruksiya ishlari munosabati bilan muzey 2026-yil 16-iyuldan 31-avgustga qadar tashrif buyuruvchilar uchun vaqtincha yopiladi.

 
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

 

Muzey ma’muriyati

 
Skip to content