Qatag'on qurbonlari xotirasi portali

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, i.f.d, prof Teshabayev To’lqin Zakirovich boshchiligida universitet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar muzeyga tashrif buyurdilar.

Tashrif ishtirokchilarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Vahapovich Xasanov kutib olib tashrif buyurgan mehmonlarga qatag‘on yillarining tarixiy ildizlari, uning ijtimoiy-siyosiy oqibatlari, ma’rifatparvar ajdodlarimizning fojiali taqdiri, shuningdek, muzey fondlarida saqlanayotgan noyob hujjatlar va eksponatlarning ahamiyati yuzasidan batafsil ma’ruza qildi.

Mazkur tashrifning bosh maqsadi — sovet totalitar rejimi davrida begunoh qurbon bo‘lgan vatandoshlarimiz xotirasini e’zozlash, ularning hayoti, ma’naviy merosi va fojiali taqdiri bilan bog‘liq tarixiy haqiqatlarni talabalar ongida yanada chuqurroq yoritishdan iborat bo‘ldi.

Scroll to Top


HURMATLI TASHRIF BUYURUVCHILAR!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ekspozitsiyasini yangilash va rekonstruksiya ishlari munosabati bilan muzey 2026-yil 16-iyuldan 31-avgustga qadar tashrif buyuruvchilar uchun vaqtincha yopiladi.

 
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

 

Muzey ma’muriyati

 
Skip to content