Qatag'on qurbonlari xotirasi portali

Turkiya Respublikasi delegatsiyasining muzeyga tashrifi

Mazkur tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-noyabrdagi PQ-691-sonli “2025–2026-yillarda mamlakatimizda qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini targ‘ib etish ishlarini yanada jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolariga muzey ekspozitsiyasi bo’limi boshlig‘i Ahrarova Azizaxon Nigmanovna tomonidan muzeyning asosiy ekspozitsiyalari batafsil tanishtirildi. Mehmonlarga qatag‘on davrining murakkab tarixiy jarayonlari, ushbu davr qurbonlarining hayoti va taqdiri, shuningdek, ularning xotirasini abadiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ilmiy-ma’rifiy ishlar yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.

Shuningdek, tashrif chog‘ida muzey fondlarida saqlanayotgan noyob arxiv materiallari, hujjatlar va ekspozitsiyalar orqali qatag‘on davri tarixining muhim jihatlari yoritib berildi.

Tashrif yakunida delegatsiya a’zolari muzey faoliyati bilan yaqindan tanishganliklarini yuqori baholab, tarixiy xotirani asrash va kelajak avlodlarga yetkazish yo‘lidagi sa’y-harakatlarga o‘z minnatdorliklarini bildirdilar.

Scroll to Top
Skip to content