Qatag'on qurbonlari xotirasi portali

2026-yil 4-may kuni Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda O‘zbekiston “O‘zbek jang san’ati” federatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Tadbirni muzey direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Murod Zikrullayev olib bordi. Unda muzey direktori Baxtiyor Xasanov, federatsiya raisi Usmanov Po‘lat Akramovich hamda rais o‘rinbosari Aziz Jo‘raboyev so‘zga chiqdi.

Hamkorlik doirasida yoshlar uchun muzeyga tashriflar tashkil etish, milliy sportni rivojlantirish, ilmiy-amaliy tadbirlar o‘tkazish hamda madaniy-ma’rifiy loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Kelishuv tomonlar o‘rtasida tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni kengaytirishga xizmat qiladi.

Scroll to Top


HURMATLI TASHRIF BUYURUVCHILAR!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ekspozitsiyasini yangilash va rekonstruksiya ishlari munosabati bilan muzey 2026-yil 16-iyuldan 31-avgustga qadar tashrif buyuruvchilar uchun vaqtincha yopiladi.

 
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

 

Muzey ma’muriyati

 
Skip to content