2026-yil 12-may kuni O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi huzuridagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.05/2025.27.12.Tar.07.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi Bir martalik Ilmiy kengash yig‘ilishida talabgor — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining katta ilmiy xodimasi Darmonova Mashxuroxon Adiljon qizining “O‘zbekistonda qatag‘on siyosati tarixining manbashunosligi va muzeylashtirish tamoyillari (XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr)” mavzusidagi tarix fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Muhokamalar davomida dissertatsiyaning ilmiy yangiligi, manbashunoslik tahlillari, qatag‘on siyosati tarixini o‘rganishdagi ilmiy ahamiyati hamda muzeylashtirish tamoyillariga oid masalalar yuzasidan keng fikr almashildi.
Tadbirda soha olimlari, tadqiqotchilar va ilmiy jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.








