Qatag'on qurbonlari xotirasi portali

“Obidjon Mahmudov – saxiy tadbirkor, taraqqiyparvar jadid va publitsist” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.

Anjumanda jadidchilik harakati, Turkiston milliy matbuoti, milliy davlatchilik g‘oyalari hamda Obidjon Mahmudovning ilmiy-ma’rifiy merosi yuzasidan muhim ilmiy fikr va tahlillar ilgari surildi.

Tadbirda oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari, muzey va arxiv muassasalari vakillari, tarixchilar, tadqiqotchilar, talabalar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Anjuman milliy uyg‘onish davri merosini chuqur o‘rganish, jadidlar faoliyatini keng targ‘ib etish va tarixiy xotirani asrash yo‘lidagi muhim ilmiy maydon bo‘ldi.

Scroll to Top


HURMATLI TASHRIF BUYURUVCHILAR!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ekspozitsiyasini yangilash va rekonstruksiya ishlari munosabati bilan muzey 2026-yil 16-iyuldan 31-avgustga qadar tashrif buyuruvchilar uchun vaqtincha yopiladi.

 
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

 

Muzey ma’muriyati

 
Skip to content