Qatag'on qurbonlari xotirasi portali

Xalqaro forumda O‘zbekiston tajribasi taqdim etildi

2026-yil 11-iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida 16-Xalqaro an’anaviy tasviriy san’at ko‘rgazmasi hamda 14-Xalqaro (Shanxay) nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish forumi o‘z ishini boshladi.


Mazkur nufuzli xalqaro anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Xasanov ishtirok etib, “O‘zbekistonning nomoddiy madaniy merosi: saqlash, rivojlantirish va xalqaro e’tirof” mavzusida ma’ruza taqdim etdi.

Ma’ruzada mamlakatimizning boy nomoddiy madaniy merosini asrash, rivojlantirish, kelajak avlodlarga yetkazish hamda uni xalqaro miqyosda targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Forum dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan olimlar, mutaxassislar va madaniyat arboblari uchun tajriba almashish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maydoniga aylandi.

Scroll to Top
Skip to content