Qatag'on qurbonlari xotirasi portali

“Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya – Yangi O‘zbekiston poydevori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Mustaqilligimizning 33 yilligi hamda “31-avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni” munosabati bilan bugun “Shahidlar xotirasi” majmuasida  “Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya – Yangi O‘zbekiston poydevori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda uning huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining bir guruh xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda o‘tgan asr boshida yurtimizda kechgan ijtimoiy-siyosiy voqealar, Vatan ozodligi uchun kurashgan xalqimiz oydinlari hayoti va faoliyati xususida so‘z yuritildi.

Ziyolilarning qatag‘on qilinishi sabablari va oqibatlari, bugungi dorilomon kunlarga erishishda ularning hissasi hamda qatag‘onga uchragan yurtdoshlarimiz nomini oqlash, xotirasini abadiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli xayrli ishlar e’tirof qilindi.

Scroll to Top
Skip to content