Hasanov Baxtiyor Vaxapovich
Qabul kunlari:
Seshanba: 9 – 00 dan 13 – 00 ga qadar
Payshanba: 9 – 00 dan 13 – 00 ga qadar
Tel: +998 55 515 37 15
e-mail: markaz.muzey@umail.uz
Biografiyasi:
Hasanov Baxtiyor Vaxapovich 1961-yil 28-iyulda Toshkent viloyati, Qibray tumanida tavallud topgan.
Millati o’zbek. O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi a’zosi.
Ma’lumoti oliy. Tarix fanlari doktori (2000-yil), professor. 2011-yil «O’zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil» esdalik nishoni, 2016-yil «O’zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yil» esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
Faoliyati:
1977-1981 yy. – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti talabasi
1981-1986 yy. – Toshkent shahridagi 121-maktab o’qituvchisi
1986-1991 yy. – O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti ilmiy xodimi
1991-1992 yy. – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti “O’zbekiston tarixi” kafedrasi o’qituvchisi
1992-1993 yy. – O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Oliy militsiya maktabi “Siyosatshunoslik” kafedrasi o’qituvchisi
1993-2001 yy. – O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Akademiyasi “Siyosatshunoslik” kafedrasi boshlig’i o’rinbosari
2001-2002 yy. – O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Akademiyasi “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi boshlig’i
2002-2006 yy. – O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Akademiyasi “O’zbekiston tarixi” kafedrasi boshlig’i
2006-2008 yy. – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “O’zbekiston tarixi” kafedrasi professori
2008-2017 yy. – O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi «Qatag’on qurbonlari xotirasi» muzeyi direktori 2018 y. – h.v. – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori va «Shahidlar xotirasi» jamoat fondi raisi. O’zbekiston tarixchilar jamiyati raisi