Qatag'on qurbonlari xotirasi portali

Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya – Yangi O‘zbekiston poydevori” shiori ostida davra suhbati bo’lib o’tdi

2024-yil 4-oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bilan hamkorlikda “Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya – Yangi O‘zbekiston poydevori” shiori ostida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Tadbirning ma’naviy-ma’rifiy qismini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, t.f.d., professor Bahtiyor Xasanov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Shuningdek, tadbirda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rahbar xodimlari va talabalari ishtirok etdilar. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o’quv ishlari bo’yicha prorektori Xasan Shonazarovich, Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi bosh ilmiy xodimi Bahrom Irzayev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat hizmatlarini rivojlantirish agentligi bosh inspektori Maryam Abdukarimova so‘zga chiqib, Qatag‘on qurbonlarini yod etish kunining ahamiyati, jadid taraqqiyparvarlarining ibratli hayot yo‘li va bebaho merosi xususida fikr bildirdilar. Tadbirning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi PQ-270-sonli qarori bilan belgilangan oktabr oyining birinchi haftasi “Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi” doirasida o‘tkazilayotganligiga alohida urg‘u berildi.

Shuningdek, ma’ruzachilar Mustaqillik yillarida tarixiy adolatning tiklanishi, qatag‘on qurbonlari xotirasining abadiylashtirilishi, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirish Vatanimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning tinch va farovon hayotini ta’minlash yo‘lida mardona kurash olib borib aziz jonlarini fido qilgan, mustabid tuzum davrida qatag‘on qilingan ajdodlarimiz xotirasini tiklash, ularning faoliyati va merosini o‘rganish hamda targ‘ib etish borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida keng ma’lumotlar berib o‘tdilar.

Tadbir so’ngida O’zR VM Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o’rtasida o’zaro hamkorlik Memorandumini rasmiy imzolash marosimi bo’lib o’tdi.

Scroll to Top