1938-yil 4-oktabr. Ushbu kunda o’zbek xalqining eng yetuk va taraqqiyparvar ziyolilarimizdan bir guruhi qatl etilgan. Bugun Toshket shahridagi “Oqil ota” qabristonidagi azizlarimiz hoki qayta dafn etilgan qabr O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi jamoasi, “Nuroniy jamg’armasi” Yunusobod tumani bo’limi hamda atrofdagi mahalla fahriylari tomonidan ziyorat etilib Qur’oni karim tilovat qilindi va shahidlarimizning aziz nomlari xotirlandi.