Bugun – 2025-yilning 24-aprel sanasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” shiori ostida “JADIDLAR IZIDAN ILM ISTAB” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi PQ-270-sonli qaroridagi vazifalarga binoan o’tkazilgan mazkur tadbir O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, Havo Hujumidan Mudofaa Qo’shinlari va Harbiy Havo Kuchlari Qo’mondonligiga qarashli harbiy qism, Respublika “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Ona yurt tinchligi, hurriyati va mustaqilligi yo’lida mardonavor xizmat qilib, o’z jonlarini fido etgan ma’rifatparvar, elparvar, jadidchi ajdodlarimizning qilgan ezgu amallari hamda kelajak avlodga qoldirgan boy ma’naviy meroslarini o’rganish va targ’ib qilish maqsadida o’tkazilgan tadbirda O’zR VM Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi raisi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Hasanov mavzuga oid atroflicha, mazmundor ilmiy ma’ruza qildi.
Ishtirokchilarga Muzey tomonidan tayyorlangan “Istebdoddan istiqlolgacha” videoroligi hamda “Shahidlar yodi” musiqali klipi namoyish etildi.
Qizg’in savol-javoblar asnosida harbiy xizmatchilar va yoshlar millat fidoyilari va qahramonlari, jadid bobolarimiz haqida yanada ko’proq ma’lumotlarga ega bo’lib, faxr va iftixor tuyg’ularini his qildilar.
Tadbirda “Jadid” gazetasi haqida ham so’z borib, gazeta tom ma’noda ma’rifatparvar bobolarimiz orzu qilgan yangi zamonning shukronasi ekanligi takidlab o’tildi.
Chirchiq shahar 2-umumiy-o’rta ta’lim maktabi yuqori sinf o’quvchilaridan tashkil topgan Turon teatrining “Yangi avlod” jamoasi hamda Toshkent shahar Yashnobod tumani 153-umumiy-o’rta ta’lim maktabi qoshidagi “OLIMP-LIDER” maxsus sport klubi o’quvchi yoshlari jamoasi tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, sahna ko’rinishlari, tadbir qatnashchilarida ulkan ta’surotlar qoldirdi.
Tadbir nihoyasida Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi bo’ylab ekskursiya o’tkazildi.



















