Qatag'on qurbonlari xotirasi portali

“Мahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodiy faoliyati”

Bugun – 2025-yilning 29-may sanasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida “Мahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodiy faoliyati” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi.

Mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi Akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi boshlig‘i, yuridik fanlari doktori, professor, polkovnik M.M.Mamasiddiqov hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor B.V.Xasanov mavzu yuzasidan ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning ijodiy faoliyati, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy merosini o‘rganish orqali harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarligini oshirish, shu asnoda ularni Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari, chinakam vatanparvarlari, komil inson etib tayyorlash borasidagi o‘rni va ahamiyati haqida ma’ruzalar qilindi.

Tadbir so’ngida O’zR VM Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi o’rtasida o’zaro hamkorlik Memorandumlari imzolandi.

Scroll to Top


HURMATLI TASHRIF BUYURUVCHILAR!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ekspozitsiyasini yangilash va rekonstruksiya ishlari munosabati bilan muzey 2026-yil 16-iyuldan 31-avgustga qadar tashrif buyuruvchilar uchun vaqtincha yopiladi.

 
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

 

Muzey ma’muriyati

 
Skip to content