Qatag'on qurbonlari xotirasi portali

— «NATIONALES TURKISTAN: DSCHADIDISMUS UND REPRESSION» (“Milliy Turkiston: jadidchilik va qatag‘on”) nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

— «NATIONALES TURKISTAN: DSCHADIDISMUS UND REPRESSION» (“Milliy Turkiston: jadidchilik va qatag‘on”) nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zRes VM huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Mashxuraxon Darmonovaning yangi ilmiy — «NATIONALES TURKISTAN: DSCHADIDISMUS UND REPRESSION» (“Milliy Turkiston: jadidchilik va qatag‘on”) nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur kitob Germaniyada nemis tilida chop etilgan bo‘lib, u Turkiston jadidchilik harakati, milliy ozodlik g‘oyalari hamda siyosiy qatag‘on jarayonlarini xalqaro miqyosda ilmiy yoritishga qaratilgan yirik tadqiqot hisoblanadi.

Mazkur kitob Konrad Adenauer nomidagi fondning O‘zbekistondagi vakolatxonasi moliyaviy ko‘magida nashr etilgan bo‘lib, bu holat ilmiy hamkorlikning xalqaro miqyosda mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi.

Taqdimot marosimida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti, Fanlar akademiyasining Tarix va Sharqshunoslik institutlari, shuningdek, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti, Qo‘qon universiteti Andijon filiali, Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti hamda boshqa oliy ta’lim muassasalari olimlari, professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilar ishtirok etdilar.

Scroll to Top
Skip to content