Qatag'on qurbonlari xotirasi portali

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tashrifi

2025-yil 26-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar poytaxtimizdagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi va Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga tashrif buyurishdi.

Dastlab muzeyning ma’muriy binosida talaba-yoshlar ishtirokida millat fidoiylari merosini, ular ko’targan milliy istiqlol hamda ozodlik g’oyalarining tub mohiyatini ochib berishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi. Unda O‘zRes VM huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzey direktori, t.f.d., professor Xasanov Baxtiyor Vahapovich va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, i.f.d., professor Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich so‘zga chiqib, qatag‘on yillarining uqubatlari, yurt fidoiylarining jasoratlari hamda tadbir ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Scroll to Top


HURMATLI TASHRIF BUYURUVCHILAR!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ekspozitsiyasini yangilash va rekonstruksiya ishlari munosabati bilan muzey 2026-yil 16-iyuldan 31-avgustga qadar tashrif buyuruvchilar uchun vaqtincha yopiladi.

 
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

 

Muzey ma’muriyati

 
Skip to content