Qatag'on qurbonlari xotirasi portali

“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” koʻkrak-nishoni topshirildi.

Ayni damda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Davlat muzeyida 2025-yil davomida Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va amalga oshirish jarayonida faol ishtirok etgan harbiy xizmatchilar, shuningdek, davlat va jamoat tashkilotlari vakillarining samarali mehnati yuksak e’tirof etildi.

Mazkur tantanali tadbirda soha fidoyilariga Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” koʻkrak-nishoni topshirildi.

Ushbu yuksak mukofot bilan taqdirlanganlar safida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Vahapovich Hasanovning ham borligi jamoamiz uchun alohida faxr va sharafdir.

Scroll to Top


HURMATLI TASHRIF BUYURUVCHILAR!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ekspozitsiyasini yangilash va rekonstruksiya ishlari munosabati bilan muzey 2026-yil 16-iyuldan 31-avgustga qadar tashrif buyuruvchilar uchun vaqtincha yopiladi.

 
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

 

Muzey ma’muriyati

 
Skip to content