Qatag'on qurbonlari xotirasi portali

2026-yil 4-fevral kuni Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi xodimlari hamda Raqamli texnologiyalar vazirligining mutaxassis xodimlari ishtirokida navbatdagi 3-yig’ilish o’tkazildi.

Mazkur qarorga muvofiq, Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda hududlardagi oliy ta’lim tashkilotlari tizimida faoliyat yuritayotgan «Qatag’on qurbonlari xotirasi» muzeylarida qatag’on qurbonlarining ibratli hayoti va faoliyatini yorituvchi gologrammali ko’rgazmalarni tashkil etish, muzeylarda gologrammali ko’rgazmali vositalarni o’rnatish, kirish qismlarida gologramma usuli asosida maxsus gid faoliyatini yo’lga qo’yish, muzey zallaridagi suratlar asosida sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar yordamida «Media bank» loyihasini ishga tushirish, shuningdek, xaritalar va tarixiy ob’ektlar maketlarining 3D formatdagi ekspozitsiyalarini yaratish hamda barcha muzey zallariga joylashtirish vazifalari belgilab berilgan.

Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 4-fevral kuni Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi xodimlari hamda Raqamli texnologiyalar vazirligining mutaxassis xodimlari ishtirokida navbatdagi 3-yig’ilish o’tkazildi. Yig’ilish davomida qarorda belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish hamda zamonaviy raqamli yechimlarni muzey ekspozisiyalariga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Natijada, qaror ijrosini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar boshlab yuborildi va ushbu yo’nalishda tizimli faoliyat yo’lga qo’yildi.

Scroll to Top
Skip to content