Qatag'on qurbonlari xotirasi portali

Azizaxon Axrarovaning “O‘zbekiston SSRda xotin-qizlarning qatag‘on qilinishi (1920–1950-yillar)” nomli monografiyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni muzey direktori, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Hasanov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng muallif tomonidan kitob mazmun-mohiyati, unda yoritilgan tarixiy jarayonlar hamda 1920–1950-yillarda xotin-qizlarga nisbatan amalga oshirilgan qatag‘on siyosatining fojeali oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Taqdimot davomida soha mutaxassislari va olimlar, jumladan Zamira Ishankhodjaeva, Bahrom Irzaev, Muhayyo Isakova hamda Sayyora Turaeva so‘zga chiqib, monografiyaning ilmiy ahamiyati, undagi arxiv manbalariga asoslangan tahlillar va tadqiqot natijalari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘rtasida erkin fikr almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur monografiya yurtimiz tarixida xotin-qizlarga nisbatan amalga oshirilgan qatag‘on siyosatini o‘rganishda muhim ilmiy manbalardan biri sifatida e’tirof etildi.

Scroll to Top
Skip to content