2026-yil 11-mart kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, iqtisodiy fanlar doktori, professor Teshabayev To’lqin Zakirovich boshchiligida universitet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar bilan birgalikda Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdilar.
Tashrif ishtirokchilarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Vahapovich Xasanov kutib olib tashrif buyurgan mehmonlarga qatag‘on yillarining tarixiy ildizlari, uning ijtimoiy-siyosiy oqibatlari, ma’rifatparvar ajdodlarimizning fojiali taqdiri, shuningdek, muzey fondlarida saqlanayotgan noyob hujjatlar va eksponatlarning ahamiyati yuzasidan batafsil ma’ruza qildi.
Mazkur tashrifning bosh maqsadi — sovet totalitar rejimi davrida begunoh qurbon bo‘lgan vatandoshlarimiz xotirasini e’zozlash, ularning hayoti, ma’naviy merosi va fojiali taqdiri bilan bog‘liq tarixiy haqiqatlarni talabalar ongida yanada chuqurroq yoritishdan iborat bo‘ldi.








