Qatag'on qurbonlari xotirasi portali

“Amir Temurning jahon harbiy san’atiga qo‘shgan hissasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni paytda Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab “Amir Temurning jahon harbiy san’atiga qo‘shgan hissasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur nufuzli anjumanda temurshunos olimlar, yetakchi tadqiqotchilar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, xalqaro diplomatik korpus a’zolari, harbiy attashelar, shuningdek, mamlakatimiz kuch tuzilmalari rahbarlari hamda Jamoatchilik kengashi a’zolari faol ishtirok etmoqda.

Konferensiya doirasida “Amir Temurning jang strategiyasi”, “Amir Temur va temuriylar davrida ijtimoiy, madaniy va harbiy-siyosiy vaziyat”, “Amir Temurning qal’alarni egallash mahorati” kabi dolzarb mavzularda qator ma’ruzalar tinglanib, ilmiy muhokamalar olib borilmoqda. Shuningdek, ushbu nufuzli anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Vahapovich Xasanov ham o‘zining mazmunli ma’ruzasi bilan ishtirok etib, tarixiy merosni chuqur o‘rganish va uni zamonaviy talqin etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi

Scroll to Top
Skip to content