Qatag'on qurbonlari xotirasi portali

 t.f.d; prof, B.V.Hasanovning “VChKdan GULAGgacha: sovetlarning qatag‘on siyosati va uning institutsional shakllanishi” nomli nemis tilidagi monografiyasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Mazkur tadbirda ilmiy doira vakillari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdilar. Taqdimot davomida asarning ilmiy ahamiyati, unda ilgari surilgan nazariy va amaliy xulosalar, shuningdek, sovet davridagi qatag‘on siyosatining mohiyati hamda uning tarixiy ildizlari atroflicha muhokama qilindi.

Mazkur kitob Konrad Adenauer nomidagi fondning O‘zbekistondagi vakolatxonasi moliyaviy ko‘magida nashr etilgan bo‘lib, bu holat ilmiy hamkorlikning xalqaro miqyosda mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi.

Shuningdek, ma’ruzachilar tomonidan mazkur monografiyaning tarix fanini rivojlantirishdagi o‘rni, qatag‘on davri voqealarini ilmiy asosda tadqiq etishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, ilmiy muloqot olib bordilar.

Scroll to Top
Skip to content