Qatag'on qurbonlari xotirasi portali

2026-yil 5-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida “Memorandumlar kuni” bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-noyabrdagi PQ-691-sonli “2025–2026-yillarda mamlakatimizda qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini targ‘ib etish ishlarini yanada jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.

Mazkur tadbir doirasida muzey bilan Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan alohida memorandumlar imzolandi.

Ushbu kelishuvlar tarixiy xotirani asrash, qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini keng targ‘ib etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, shuningdek, ta’lim va ma’rifat sohalarida o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbirni muzey direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Murod Zikrullayev olib bordi. Unda muzey direktori Baxtiyor Hasanov, Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi direktori Hafiza Karimova hamda malaka oshirish tarmoq markazi direktori Jamila Abdug‘aniyeva ishtirok etib, hamkorlikning istiqbollari va ahamiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Scroll to Top
Skip to content