Oliy sudda muayyan sabablarga ko‘ra shu vaqtgacha reabilitatsiya qilinmagan qatag‘on qurbonlarining nomlarini oqlash hamda ularning xotirasini abadiylashtirish masalalari bo‘yicha Ishchi guruh faoliyat yuritmoqda.
Mazkur Ishchi guruhning izchil faoliyati va keng ko‘lamli sa’y-harakatlari natijasida keyingi yillarda sovet davrida qatag‘on qilingan 1 236 nafar vatandoshimiz reabilitatsiya qilinib, oqlandi.
Kuni kecha Oliy sudga Turkfrontning Farg‘ona qo‘shinlar guruhi Harbiy kengashi huzuridagi Farg‘ona maxsus bo‘limi hamda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi huzuridagi Uchlik kengashining 1920–1934 yillardagi qarorlariga ko‘ra bosmachilik harakatlariga moddiy yordam berganlikda, qurolli to‘da tuzganlikda, sovet hokimiyatiga qarshi qo‘zg‘olon va aksilinqilobiy harakatlarda иштирок etganlikda ayblangan bir guruh vatandoshlarimizga oid jinoyat ishlari kelib tushdi va Ishchi guruh tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.
2026-yil 6-may kuni bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlislarida Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan 8 ta jinoyat ishi bo‘yicha 161 nafar shaxsga nisbatan Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining apellyatsiya instansiyasi tomonidan oqlov hukmlari chiqarildi.










