Qatag'on qurbonlari xotirasi portali

“Millat fidoyilari: ibratli hayot, fojeali taqdir, abadiy xotira” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Mazkur tadbir O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-270-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yildagi 691-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo’limi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi mustabid sovet tuzumi davrida qatag’onga uchragan vatandoshlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning ruhlarini shod etish hamda bugungi kundagi avlodlarini qadrlash va ehtirom ko’rsatishdan iborat bo’ldi.

Tadbirda Toshkent shahri bo’yicha qatag’on qurbonlarining 30 ga yaqin avlodlari ishtirok etdi. Jumladan, davlat va jamoat arbobi Obidjon Mahmudov, dramaturg G’ozi Yunus, adib Abdulla Qodiriy, tarixchi Po’lat Soliev, adib Said Ahmad, jadid ma’rifatparvarlari Sobirjon Rahimiy va Xudoybergan Arisbekov, shuningdek, Safo Zufariy, Akbar Islomov, Shonosir Shomansurov, Mufti Sadriddinxon Sharifxo’jayev hamda boshqa qatag’on qurbonlarining avlodlari taklif etildi.

Tadbir yakunida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo’limi tomonidan qatag’on qurbonlari avlodlariga hamda muzeyning bir guruh xodimlariga esdalik sovg’alari topshirildi. Shuningdek, muzey tomonidan tayyorlangan “Shahidlar yodi” musiqiy klipi namoyish etildi.

Mazkur tadbir milliy xotirani asrash, tarixiy adolatni qaror toptirish va qatag’on qurbonlari xotirasiga yuksak ehtirom ko’rsatishga qaratilgan muhim ma’naviy-ma’rifiy tashabbus bo’ldi.

Scroll to Top


HURMATLI TASHRIF BUYURUVCHILAR!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ekspozitsiyasini yangilash va rekonstruksiya ishlari munosabati bilan muzey 2026-yil 16-iyuldan 31-avgustga qadar tashrif buyuruvchilar uchun vaqtincha yopiladi.

 
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

 

Muzey ma’muriyati

 
Skip to content