2026-yil 30-iyul kuni Chirchiq shahridagi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Xalqaro Jang San’ati Assotsiatsiyasining yig’ilishi hamda ko’rgazmali chiqishlari bo’lib o’tdi.
Tadbirda assotsiatsiya faoliyatining ustuvor yo’nalishlari, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlar o’rtasida jang san’atini ommalashtirish hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun milliy va zamonaviy jang san’atlari bo’yicha ko’rgazmali chiqishlar namoyish etildi.
Konferensiya yakunida Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori Baxtiyor Vahapovich Hasanov Xalqaro Jang San’ati Assotsiatsiyasining vitse prezidenti etib saylandi. Shuningdek, unga Jang San’ati bo’yicha 5-Dan darajasi, shaxsiy qora belbog’ hamda “Buyuk xizmatlari uchun” ko’krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar sportchilar bilan uchrashib, esdalik suratlariga tushdilar.






