Qatag'on qurbonlari xotirasi portali

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Tarixning noma’lum sahifalari” ko‘p jildlik to‘plamining XIII jildi tayyorlandi.

2026-yil 28-avgust kuni mazkur nashr taqdimotida mamlakatimizning turli hududlaridagi oliy ta’lim muassasalari huzurida faoliyat yuritayotgan Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylari rahbarlari ishtirok etdilar.

Loyihani amalga oshirishda Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Konrad Adenauer jamg‘armasi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamkorlik qilmoqda.

Taqdimot davomida qatag‘on qurbonlari tarixini yanada chuqur o‘rganish, yangi arxiv manbalarini aniqlash, muzey fondlarini boyitish va ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida muzey direktori, professor Baxtiyor Xasanov hamda hududiy muzeylar rahbarlari tomonidan muzeylar faoliyatini yanada takomillashtirish, o‘zaro ilmiy-amaliy hamkorlikni kuchaytirish, tarixiy manbalarni tizimlashtirish va qatag‘on tarixining hali o‘rganilmagan sahifalarini keng yoritish bo‘yicha istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.

Tarixni o‘rganish va tarixiy xotirani asrash yo‘lidagi ilmiy izlanishlar izchil davom etadi.

Scroll to Top
Skip to content