Muzeylarning ijtimoiy-madaniy qiymati, ularning jamiyat va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni ta’minlashdagi o‘rniga katta e’tibor qaratilgan.
Jahonda muzeylarni virtuallashtirish amaliyoti ularning kolleksiyalari haqidagi ma’lumotlarni keng jamoatchilikka onlayn tarzda yetkazib berishning ommabop va tezkor shakli, muzey marketingining yangi, ilg‘or usuli sifatida jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
Shu maqsadda bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Muzeylarning yangi konsepsiyasi: muzeylar faoliyatida IT texnologiyalar integratsiyasi” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.
Mazkur konferensiyasida soha mutaxassislari, institutning “Muzeyshunoslik” kafedrasida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, mustaqil tadqiqotchilar va hamkor tashkilot vakillari ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishdi.
Konferensiyaning ilmiy faoliyatini baholashda yurtimizda muzeylar jamiyatning ma’naviy saviyasini oshirishga xizmat qiluvchi ijtimoiy-madaniy institut sifatida alohida o‘rin tutishi, ularni innovasion rivojlanishini tadqiq etish muhim jarayonlardan sanaladi.