Qatag'on qurbonlari xotirasi portali

Hasanov Baxtiyor Vaxapovich

Qabul kunlari:

Seshanba: 9 – 00 dan 13 – 00 ga qadar

Payshanba: 9 – 00 dan 13 – 00 ga qadar

Tel: (55) 515 37 15 
 e-mail: markaz.muzey@umail.uz

Biografiyasi:

Hasanov Baxtiyor Vaxapovich 1961-yil 28-iyulda Toshkent viloyati, Qibray tumanida tavallud topgan.Millati o’zbek. O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi a’zosi.Ma’lumoti oliy. Tarix fanlari doktori (2000-yil), professor. 2011-yil «O’zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil» esdalik nishoni, 2016-yil  «O’zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yil»  esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

Faoliyati:

1977-1981 yy. – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti talabasi

1981-1986 yy. – Toshkent shahridagi 121-maktab o’qituvchisi

1986-1991 yy. – O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi  Tarix instituti ilmiy xodimi

1991-1992 yy. – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti “O’zbekiston tarixi” kafedrasi o’qituvchisi

1992-1993 yy. – O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi  Oliy militsiya maktabi “Siyosatshunoslik” kafedrasi o’qituvchisi

1993-2001 yy. – O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi  Akademiyasi “Siyosatshunoslik”  kafedrasi  boshlig’i o’rinbosari

2001-2002 yy. – O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi  Akademiyasi “O’zbekistonda demokratik  jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi boshlig’i

2002-2006 yy. – O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi  Akademiyasi “O’zbekiston tarixi”  kafedrasi boshlig’i

2006-2008 yy. – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “O’zbekiston tarixi” kafedrasi professori

2008-2017 yy. – O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi  «Qatag’on qurbonlari xotirasi» muzeyi  direktori 

2018 y. – h.v. – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori va «Shahidlar xotirasi» jamoat fondi raisi. O’zbekiston tarixchilar jamiyati raisi

Scroll to Top
Skip to content