A+ A-

O’rta Osiyo (Turkiston)ning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi va mahalliy xalqning bunga qarshi kurashi.

Mazkur bo’lim O’zbekistonning mustamlaka davri tarixiga bag’ishlanadi. Aynan shu davrda mamlakat mustaqilligi, erk va ozodlik uchun kurashlar davomida xalqimizning minglab vatanparvar va fidoyi farzandlari halok bo’ldilar. Qariyb 150 yil davom etgan mustamlaka davri tinimsiz kurashlar davri bo’ldi. Shu sababli istiqlol yo’lida shahid ketgan ajdodlar haqidagi tarixiy haqiqatni aks ettirish, ular xotirasini abadiylashtirish muzey ekspozitsiyasining muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.

Bo’lim ekspozitsiyasida joy olgan eksponatlar O’rta Osiyoning Chor Rossiyasi tomonidan istilo etilishi xronologiyasi, mustamlakachilik zulmiga qarshi kurashlar bilan bog’liq materiallardan iborat.