A+ A-

Mustaqillik yillarida tarixiy adolatning tiklanishi, qatag’on qurbonlari xotirasining abadiylashtirilishi, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirish yo’lida amalga oshirilgan tarixiy ishlar (1991-yildan keyingi davr)

Bu bo’lim mustaqillik yillarida O’zbekistonda o’tmishda nohaq qoralangan yoki soxtalashtirilgan tarixiy adolat va milliy qadriyatlarning tiklanishi, istiqlol tufayli berilgan imkoniyatlar yoshlar hayotida qanday imkoniyatlarga yo’l ochib berilganligi tarixiy dalillar asosida ko’rsatiladi.

Ekspozitsiyalarda mustaqillik yillarida tarixiy adolatning qaror topishi tufayli sovet davrida nomlari qoralangan buyuk davlat arboblari, sarkardalar, xususan tarixda chuqur iz qoldirgan Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo Ulug’bek, Jaloliddin Manguberdi kabi sarkarda va xukmdorlar haqidagi tarixiy haqiqatning tiklanishi aks ettirilgan. Istiqlol davrida qayta tiklangan va qadr topgan ulkan ma’naviy merosimiz, milliy va diniy qadriyatlarimiz, islom mutafakkirlari nomlari va ijodiy merosining tiklanishi, sovet davrida qatag’onga uchragan moddiy yodgorliklarning istiqlol yillarida ta’mirlanishi va obodonlashtirilishi, mustaqillik yillarida yurtimizda islom dini asoslari, tarixi, islom madaniyati, arxitekturasi va ma’naviy merosini o’rganish bo’yicha olib borilayotgan samarali ishlar haqidagi tarixiy ma’lumotlar o’rin olgan.

Bu bo’limda shu bilan birga vatanimiz yoshlariga berilgan cheksiz imkoniyatlar, ularning muvaffaqiyatlari, yoshlarning ilm-fan, sport, ta’lim tizimi, madaniyat va san’ant sohasida erishayotgan ulkan muvaffaqiyatlari o’z aksini topgan.

Mazkur ilmiy-tematik bo’limlardan qatag’on etilgan vatandoshlarimizning fotosuratlari, shu davrdagi qatag’on siyosatiga oid ko’plab hujjat va materiallar o’rin olgan. Ekspozitsiyalar 30-38-yillar qatag’onining dahshatlarini eslatuvchi avtomobil, GULAG xaritasi, qatag’on qurbonlaridan qolgan shaxsiy buyumlar bilan boyitilgan.

Muzey ekspozitsiyalariga 10 ta sensor kiosklari, 9 monitorlar o’rnatilgan bo’lib, ularga joylangan Mustamlakachilik va qatag’onlar davrining jafolarini aks ettiruvchi noyob arxiv ma’lumotlari, xotiralar, intervyu suhbatlari, musiqiy asarlar, videolavhalar va syujetlardan iborat qayg’uli davr ko’rinishlari, muzeyga tashrif buyuruvchilar uchun xalqimiz tarixida kechgan og’ir daqiqalarni chuqur his qilish imkonini beradi.