A+ A-

O’rta Osiyo mintaqasida zulm va bosqinchilikka nisbatan qarshilik harakati va qurolli chiqishlar

Sovet hokimiyatining zo’ravonligi xalqning keskin qarshiligi va noroziligiga sabab bo’ldi. Butun o’lka bo’ylab sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati boshlanib ketdi. Bu harakat, ayniqsa, Farg’ona vodiysida keskin va ommaviy tus oldi. Qarshilik harakatiga Madaminbek, katta Ergash, Shermuhammadbek kabi mahalliy sardorlar yetakchilik qildilar.

Ekspozitsiyada Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi 1918-yil fevralda boshlanib, 1924-yilgacha davom etgan qurollik qarshilik harakati o’choqlari aks ettirilgan.