A+ A-

30-yillarning boshlaridagi siyosiy qatag’onlar

30-yillar boshiga kelib ma’muriy-buyruqbozlik tizimi mustahkam qaror topib, bolsheviklar mafkurasini keng targ’ib qilishga zo’r berila boshlandi. Aynan shu davrda mazkur mafkuraga hamda Sovet hokimiyatining ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy sohalarda zo’ravonlik bilan olib borgan g’ayrimilliy, g’ayriinsoniy va g’ayriqonuniy islohotlarga qarshi bo’lgan kishilarga qarshi ta’qib va taziyqlar kuchaydi. Xususan, bolsheviklar mafkurasiga qarshi milliy g’oyalar bilan chiqqan ziyolilar, 1918-1924-yillardagi qarshilik harakati ishtirokchilari hamda ularning qarindosh-urug’lari sovet hokimiyati tomonidan qatag’onga uchradilar.

Qatag’onga uchragan kishilar sharoiti og’ir hududlarga qurilish ishlariga, xususan, “Belomorkanal”, “Belbaltlag”, “Dmitlag” kabi asosan mahbuslar kuchi bilan bunyod etilgan ulkan qurilishlarni qisqa muddatlarda nihoyasiga yetkazish uchun safarbar etildilar.

Muzeyning 6-bo’limi aynan ushbu jarayonlarni yoritib beradi.