A+ A-

1940–1950-yillardagi siyosiy qatag’onlar

1939-1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixida eng mash’um fojialardan biri bo’ldi. 1941-yil 22-iyunda gitlerchilar Germaniyasi to’satdan SSSRga hujum qildi. Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan xalqlar qatori o’zbekistonliklar ham fashizmga qarshi urushga jalb etildi. O’zbek xalqi urushning birinchi kunlaridanoq bor kuchini fashizm ustidan g’alabaga safarbar etdi. Urush mamlakat xo’jaligini izdan chiqardi, uning hayotini og’irlashtirib yubordi. Mamlakatda harbiy xolat joriy etildi hamda barcha resurslar mudofaa manfaatlari uchun yo’naltirildi.

Ammo ana shunday og’ir kunlarda ham sovet hokimiyatining qatag’on siyosati to’xtamadi. Sovet hukumati urush arafasi va urush yillarida yangi bahona, aniqrog’i “fashizmga xayrixohlik kayfiyatiga yo’l qo’ymaslik” bahonasida chegaradosh hududlarda yashovchi xalqlarga qarshi etnik qatag’onlarni boshlab yubordi. Bu jarayonda Yaponiya, Turkiya, Polsha kabi mamlakatlar bilan chegaradosh hududlarda, yashovchi koreys, qrimtatarlar, mesxeti turklari, polyaklar, Povolje nemislari va boshqa xalqlar mutlaqo asossiz hamda g’ayriqonuniy ravishda o’z vatanlaridan majburiy ravishda boshqa o’lkalar, xususan O’zbekiston xududiga deportasiya qilindi. Ularni uy-joy, ish, yer va oziq-ovqat bilan ta’minlash o’zbek xalqining zimmasiga tushdi.

Bundan tashqari 40-yillar oxiri va 50-yillar boshida qatag’onlar sovet tuzumi tomonidan O’zbekistonda muntazam o’tkazib kelingan tazyiq va ta’qiblarning navbatdagi bosqichi boshlanganligi va mazkur jarayonida eng avvalo o’z asarlarida o’zbek xalqining o’tmish tarixiga, ma’naviy merosiga murojaat etib, bu haqda asarlar yozishga jazm etgan olimlar, yozuvchi va shoirlar “o’tmishni ideallashtirishda”, “millatchilikda” ayblanib, qatag’on qilinganligiga oid tarixiy hujjatlar, foto materiallar asosida yoritib berilgan.