A+ A-

1980-yillardagi qatag’onlar: “Paxta ishi” kampaniyasi

Bu bo’lim ekspozitsiyalarida Sovet hokimiyatining paxta yakkahokimligi siyosatining ayanchli oqibatlari, Orol dengizining qurib qolishi natijasida tabiat muvozanatining buzilishi, ekologik fojianing inson salomatligiga ta’siri diagrammalar yordamida ko’rsatilgan.

XX asrning 80-yillarda sobiq Markaz tomonidan o’zbek xalqiga nisbatan ommaviy qatag’onlarning yangi bosqichi boshlanib, “Paxta ishi” deb nom olgan ushbu siyosiy kampaniya orqali o’zbek xalqi sha’niga turli tuxmat va bo’htonlar yog’dirilib, minglab begunoh kishilar jazoga tortilganligi, “paxta ishi” bo’yicha nohaq ayblangan jabrdiydalarning adolat izlab yozgan arznomalari tergov jarayonidagi azoblar va oilalariga nisbatan uyushtirilgan tazyiqlarga oid materiallar qayd etilgan. Islom Karimov tomonidan Qashqadaryo viloyatida 1986-yildayoq “paxta ishi” qurbonlarini oqlash, adolatni tiklash uchun boshlangan sa’yi-harakatlar aks ettirilgan.