A+ A-

muzeyimiz Tarixi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 1-maydagi “Qatag’on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to’g’risida”gi Farmoniga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 8-noyabrdagi qaroriga muvofiq mustaqil ilmiy-tadqiqot muassasasi sifatida tashkil etildi. Mustabid tuzum davridagi ommaviy qatag’onlar davrida qurbon bo’lgan, insonlik sha’ni va qadr-qimmati toptalgan vatandoshlarimiz xotirasini e’zozlashda yosh avlodning Vatanga muhabbat, sadoqat tuyg’ularini tarbiyalashda “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi katta ahamiyatga ekanini nazarda tutib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-maydagi Qaroriga muvofiq “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi ekspozitsiyasi yangilandi.

2017-yil 31-avgust – Qatag’on qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miramonovich Mirziyoyevning muzeyga tashrifi chog’ida bildirgan taklif va mulohazalari asosida 2017-yil 22-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida Qatag’on kurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 936-son qarori chiqdi va muzey O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga o’tkazilib, faoliyati yanada kengaytirildi va takomillashtirildi.

Muzeyning qayta ta’mirlangan va kengaytirilgan binosi qo’sh gumbazli ekspozitsiya uchun mo’ljallangan 3 ta zaldan iborat. Binoning ekspozitsiya zallarining maydoni 960 m2 tashkil etadi. Ayvon qismi 640 m2, yer to’lasi 1568 m2.

Muzey yangilangan ekspozitsiyasi 10 ta bo’limdan iborat.