A+ A-

Termiz davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyining tantanali ochilish marosimi

2019-yilning 29-yanvar kuni Surxondaryo viloyati Termiz davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ilmiy ishlar bo’yicha director o’rinbosari M.Zikrullayev va umumiy ishlar bo’yicha director o’rinbosari Yu.Ashurovlar qatnashdilar. Yuqori saviyada o’tkazilgan ushbu tadbirda keng jamoatchilik vakillari, fahriylar, tarixchi olimlar, qatag’on qurboni bo’lgan shaxslarning avlodlari, talaba yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Shu kundan e’tiboran Termiz davlat universiteti tuzulmasidagi Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi barcha tashrifchilar uchun ochiq.