A+ A-

Guliston davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyining tantanali ochilishi

2019-yil fevlar oyining ilk kunida Sirdaryo viloyati Guliston davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyining tantanali ochilishi bo’lib o’tdi. Tadbirni universitet rektori M.T.Xodjiyev ochib berdi. Ochilish marosimida Sirdaryo viloyati hokimi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a;zosi G’.G’.Mirzayev, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori B.V.Xasanov va shoir Alisher Nur so'zga chiqdilar. Tadbirda fahriylar, tarixchi olimlar, qatag’on qurboni bo’lgan shaxslarning avlodlari, talaba yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.